Neymarning maqsadi ma'lum

Khoja
14 fev 2025
Santosda faoliyat olib borayotgan Neymar yozda jamoasini o'zgartirishni maqsad qilgan.

Hujumchi yozda yana Yevropaga qaytmoqchi. Uning asosiy maqsadi yana Barselona safida maydonga tushish ekanligi ma'lum qilindi.

Eslatib o'tamiz, Neymar qishda 12 yillik tanaffusdan so'ng yana Santosga qaytdi. Bu vaqt ichida braziliyalik to'p tepar 2014 yildan 2017 yilgacha "Barselona" libosida, keyinchalik PSJ safida harakat qildi. 2023 yilda u "Al Hilol"ga o'tdi. 

Ma'lumot uchun, futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirigacha amal qiladi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com