Neymarning jarohatiga oydinlik kiritildi. U MYUga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

Mirjalol Normatov
24 yanv 2019, 10:53
PSJ hujumchisi Neymarning jarohati tafsilotlari ma'lum qilindi.

Braziliyalik futbolchi Fransiya kubogi doirasida "Strasbur"ga qarshi o'yinda jarohat olib maydonni tark etdi.

"Ilk tekshiruv hulosalariga ko'ra, uning o'ng oyog'i kichik barmog'i suyagining yuqori sohasi jarohatlanganligini tasdiqlamoqda. Futbolchining yaqin vaqtlardagi tiklanishiga qarab uni davolaymiz. Barcha terapevtik davolanish variantlarini qo'llaymiz", - deb yoziladi bayonotda.

Uning safga qaytishi uchun 20 kun ketishi kutilmoqda. 12 fevral kuni jamoa YCHLning 1/8 finalida "Manchester Yunayted"ga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal