Neymar yozda 200 mln. evro evaziga PSJni tark etadi

Aslanov Jasurbek
27 noya 2018, 17:23
PSJ hujumchisi Neymar joriy mavsum oxirida ma'lum bir shartlar evaziga klubni tark etish borasida kelishib oldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, parijliklar 26 yoshli forvardni 200 mln evro evaziga qo'yib yubormoqchi.

Braziliyalikning sobiq klubi "Barselona" uning qaytishi borasida muzokaralar o'tkazmoqda.

"Barselona" vakili sifatida muzokaralarda ishtirok etayotgan agent Andre Kyuri Londonda futbolchining otasi bilan uchrashdi.

Oldinroq, "Barselona" Neymarni qaytarish uchun Dembeledan voz kechishi mumkinligi e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: beteve