

Birinchi tekshiruvda braziliyalikda o'ng to'piq bo'g'imida shikastlanish aniqlangan. Neymar 3-4 haftani o'tkazib yuborishi kutilmoqda, bu esa uning "Bavariya"ga qarshi Chempionlar Ligasi 1/8 final javob o'yinidagi ishtirokini deyarli istisno qiladi.
"Bavariya" – PSJ uchrashuvi 8 mart kuni Myunxenda bo'lib o'tadi. Jamoalar o'rtasidagi birinchi o'yinda "Bavariya" 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi.


