Neymar "Real"ga qarshi bahsdan so'ng MakGregor raqibi bilan uchrashdi (foto)

Aslanov Jasurbek
30 iyul 2017, 15:10
"Barselona" hujumchisi Neymar "Real"ga qarshi bo'lib o'tgan Xalqaro Chempionlar Kubogi turniri doirasidagi bahsda 2 ta golli pas berishga muvaffaq bo'ldi.

Uchrashuv 3:2 hisobida kataloniyaliklarning g'alabasi bilan yakunlandi. OAVda PSJga o'tishi mumkinligi e'lon qilinayotgan Neymar "El-Klassiko"dan so'ng bokschi Floyd Meyvezer bilan uchrashdi. Braziliyalik Meyvezer bilan tushgan suratini "Instagram"ga joyladi.


Eslatib o'tamiz, UFC chempioni Konor MakGregor 26 avgust kuni Floyd Meyvezer bilan boks tushadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia