Neymar “PSJ”ning “Sosho” bilan o'yin qaydnomasiga kiritilmadi

Aslanov Jasurbek
6 fev 2018
“PSJ” hujumchisi Neymar Fransiya Kubogi 1/8 finalidan o'rin olgan “Sosho”ga qarshi o'yinda maydonga tusha olmaydi.

Braziliyalik futbolchi bosh murabbiyning qarori tufayli jamoadoshlariga yordam bermaydi, deb xabar bermoqda “PSJ” klubi rasmi Tvitteri. Kecha, 5 fevral kuni Neymar 26 yoshga to'ldi. 

Futbolchining tug'ilgan kunini Parijda nishonlashdi. Mo'jazgina tadbirga futbolchilar hamda bosh murabbiy Unai Emeri ham taklif qilindi. Xotamtoyligi tutgan Emeri Neymarga xordiq chiqarish uchun imkoniyat berdi. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: