Neymar PSJdan so'ng faoliyatini qayerda davom ettirishni xohlashini aytdi

Alisher
21 fev 2022, 15:50
PSJ forvardi Neymar kelajak rejalari bilan o'rtoqlashdi.

"Yana "Santos"da o'ynashni xohlardim. Menga o'z stadionimdagi o'yinlar yetishmaydi. Bundan tashqari, hech bo'lmasa bir mavsum MLSda o'ynashni istardim.

Bu qisqa chempionat, u yerda bir necha oy dam olish bor", - deydi 30 yoshli futbolchi.

Neymar "Santos" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u bosh jamoada 2009-2013 yillarda o'ynagan. Forvard shundan so'ng Yevropaga yo'l olgan va "Barselona" bilan shartnoma imzolagan. Braziliyalik 2017 yildan beri PSJda o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: euro-football.ru