Neymar PSJdan ketishni istasa, "Chelsi" futbolchini sotib olishga harakat qiladi

Mirjalol Normatov
14 iyul 2023, 23:33
"Chelsi" Neymarga bo'lgan qiziqishlarni yo'qotgani yo'q.

"Ouest-France" xabariga ko'ra, London klubi PSJga taklif jo'natmoqchi. Agarda braziliyalik futbolchi jamoasidan ketishni istasa, "Chelsi" uni sotib olishga harakat qiladi. Klub egasi Todd Bouli Neymarning muxlisi va uni o'z jamoasida ko'rishni astoydil istamoqda.

PSJda esa holat boshqacha. Leo Messi jamoadan ketganidan keyin va Kilian Mbappening klubdagi taqdiri so'roq ostida bo'lib qolganidan so'ng Neymarni sotmaslikni o'ylamoqda. O'z navbatida jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike Neymarni jamoaning asosiy bo'g'iniga aylantirmoqchi.

O'tgan mavsumda Neymar Fransiya chempionatining 20 o'yinida 13 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Ouest-France