Neymar PSJ ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng Rabo va Kurzava ustidan kuldi

Aslanov Jasurbek
10 mar 2017, 15:31
"Barselona" Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvida PSJni kerakli hisobda mag'lub etib (6:1) chorak final yo'llanmasiga ega bo'ldi.

Adrien Rabo 1/8 final ilk uchrashuvidan so'ng kiynish xonasida jamoadoshi Leyvin Kurzava bilan tushgan suratini "Instagram"ga joyladi va unda Rabo barmog'lari bilan 4, Kurzava esa 2 raqamini ko'rsatib turishgan edi.

Javob bahsida 2 ta gol urgan Neymar ushbu yigitlar ustidan kulishga qaror qildi va raqib jamoa futbolchilari tushgan suratga 4+2=6 yozuvini qo'shib qo'ydi va bu rasmni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joyladi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia