Neymar: “Meni “Barselona”da barchasi qoniqtirmoqda”

Aslanov Jasurbek
19 iyul 2017, 07:10
“Barselona” forvardi Neymar Kataloniya klubini tark etish niyatida emas.

“O'tgan mavsum mening faoliyatimdagi eng yaxshisi bo'ldi. Men shahar va klubga to'liq moslashdim. Menga bu yerda barcha narsa maqul bo'lmoqda. Yanada kuchayishim uchun menga barcha yordam bermoqda.

O'tgan mavsumda men yaxshi saviyaga chiqishga erishdim, garchi o'zimiz kurashgan barcha uch sovrinni qo'lga kiritia olmasakda...

Buyog'iga ham shu tarzda yashashda davom etaman. Yangi 2017/18 yilgi mavsumga tayyorgarlik ko'rayapmiz. O'ylaymanki, yangi mavsumda barchamizni yangi muvaffaqiyat va g'alabalar kutib turibdi”, deydi Neymar.

Ilgariroq “PSJ” Neymarning transferi borasida muzokaralar olib borayotganligi haqida xabarlar chiqqandi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Mundo Deportivo