Neymar Makaoga uchmadi

Mirjalol Normatov
25 iyul 2019
PSJ hujumchisi Neymar Xalqaro chempionlar kubogi doirasida "Inter"ga qarshi o'yinda qatnashmaydi.

Parijliklar rasmiy sayti xabariga ko'ra, futbolchi bahs o'tadigan Makaodagi stadionga bormagan va Shenchjenda qolgan. Bu yerda u jarohatidan davolanishni davom ettiradi. Iyun oyida Neymar to'pig'idan jarohatlangandi.

Shuningdek, Presnel Kimpembe ham jarohati sababli "Inter"ga qarshi bahsda qatnashmaydi.

PSJ - "Inter" uchrashuvi 27 iyul kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L'Eqiupe