Neymar: "Kazemiro allaqachon dunyoning eng yaxshi tayanch yarim himoyachisiga aylanib bo'lgan"

Sherzod Nurmatov
29 noya 2022, 18:19
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar JCH-2022 guruh bosqichida Shveytsariya ustidan qozonilgan g'alaba (1:0)da Kazemironing hissasini yuqori baholadi.

"Kazemiro allaqachon dunyoning eng yaxshi tayanch yarim himoyachisiga aylanib bo'lgan", – deb yozadi Neymar ijtimoiy tarmoqlarda.

Braziliya terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichidagi mag'lubiyatsiz seriyasini 17 ta o'yinga etkazib olib, musobaqa rekordini o'rnatdi.

Braziliya "G" guruhida 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Braziliyaliklar pley-offning ikkinchi ishtirokchisiga aylanishdi, avvalroq fransiyaliklar joriy turnirning guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o'tib olishgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN