​Neymar: "Football Leaks" va "France2"da ahmoqlar ishlaydi"

Mirjalol Normatov
11 noya 2018, 13:29
PSJ hujumchisi Neymar o'z klubi haqida film suratga olgan "France 2" kanalini tanqid qildi.

Film yaratuvchilari "Football Leaks" tomonidan ma'lumot olgan. Oldinroq ushbu nashr Neymar muxlislarning qarsak chalgani uchun pul to'lashi borasida ma'lum bergandi.

"Bu nashrning ma'lumotlariga kim javob berishini bilmayman. Bu ahmoqlarning ma'lumoti. To'g'risini aytsam, jurnalistlarning yolg'on ma'lumotlaridan charchadim. Yaratganga shukurki, men sabrliman", - dedi Neymar.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN