Neymar faoliyatidagi eng esda qolarli lahzalarni yodga oldi

14 iyul 2019, 07:21
PSJ hujumchisi Neymar futbolchilik faoliyatidagi eng esda qolarli, yorqin lahzalar haqida to'xtaldi.

-Ikkita holat hech qachon yodimdan chiqmasa kerak. Birinchisi Braziliya termasi bilan Olimpiada o'yinlarida g'olib chiqqanim. Ikkinchisi esa “Barsa” bilan PSJ ustidan erishgan g'alabamiz, o'sha mashhur “kombek”. O'shanda oltinchi golni urganimizdan keyingi holatni hech narsa bilan tasvirlab bo'lmaydi. 

-Echinish xonasidagi esda qolarli vaziyatlarchi?

-Bilmadim. O'shanda “Barselona” bilan PSJni mag'lub etandan keyin echinish xonasida ajoyib muhit hukmron edi. Barcha bu natijadan aqldan ozayozdi. O'ylashimcha, bu barcha jamoadoshlarim  uchun eng esda qolarli lahzalar bo'lgandi, -deydi Neymar.

O'xshash yangiliklar


Manba: Oh My Goal