
Braziliyalik Xitoydan so'ng Dubayga uchdi. U do'stlari bilan BAAda tushgan suratini "Instagram"ga joyladi.
Turli mish-mishlarda, futbolchi Dubaydan Parijga yo'l olib, PSJ futbolchisiga aylanishi mumkinligi e'lon qilingan edi. Biroq ESPN nashri futbolchi seshanba kuni Kataloniya shahriga qaytishini, chorshanba kuni esa Ernesto Valverde qo'l ostida mashg'ulot o'tkazishini ma'lum qildi. Futbolchi "Instagram"ga Ispaniyaga qaytayotganligini bildiruvchi surat ham joyladi.
