

25 yoshli futbolchi bu sovringa uchinchi marta (2014, 2015, 2017) ega chiqdi va Pari Sen-Jermen himoyachisi Tiago Silvaga (2011, 2012, 2013) yetib oldi.
Ushbu sovrin Yevropa qitasida o'ynayotgan braziliyalik futbolchiga topshiriladi. G'olibni jurnalistlar, muxlislar va sobiq futbolchilar aniqlashadi.
Bu yilgi so'rovnoma natijalari: Neymar (27,71%), Filippe Koutino (Liverpul, 16,64%), Marselo (Real, 14,43%), Paulino (Barselona, 13,64%) va Kazemiro (Real, 7,19%).
50 ming muxlis eng yaxshi deb Paulinoni tan olishdi (31,83%), sobiq futbolchilar Neymarni (39,39%), jurnalistlar esa Marseloni eng yaxshi (30,30%) deb topishdi.




