Nevill: "Pogba bilan MYUning APLda chempion bo'lish imkoniyati oshadi"

Mirjalol Normatov
16 iyun 2020, 20:26
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Gari Nevill yarim himoyachi Pol Pogba haqida fikr bildirdi.

"Pogba va Brunu bir joyda o'ynay olishadi. Pogba o'yin davomida o'z jarima maydonchasi yonida ham, raqiblari yarim maydonida ham bir xil o'ynaydi.

Endi MYUda Pogbaning o'rnida o'ynaydigan futbolchilar bor, deb o'ylayman. Ammo odamlarga Pogbaning ketishi haqida gapirish juda oson. Biroq bir vaqtlar jamoa o'yini uning atrofida qurilganida o'zini qanday ko'rsatgani barchaning yodida bo'lsa kerak. 

Barcha tanqidlar unga atalardi. "Manchester Yunayted" mag'lub bo'lsa, Pogba aybdor bo'lardi. MYU yutib, Pogba yaxshi o'ynay olmasa, uni yana yomon otliqqa chiqarishardi.

Lekin Pogbaning ajoyib o'yini "Manchester Yunayted"ning APLdagi chempionligi uchun ko'proq imkoniyat taqdim qiladi. U jahon chempioni bo'ldi va qay tariqa g'alaba qozonish yo'llarini biladi. Pogba orqali jamoa APLda "Manchester Siti" va "Liverpul"ga chaqiruv tashlay oladi", - dedi Nevill.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal