Nevill nima sababdan Bekxem bilan bir xonada turishni istamaganini aytdi

Eldor Akmurzayev
26 apr 2020
MYUning sobiq sardori Gari Nevill ko'p yillik jamoadoshi Devid Bekxem bilan birga turgan vaqtlarini esladi.

“Taxminan olti oy davomida Devid Bekxem bilan xonamni baham ko'rdim, hammani alohida xonalarga joylashtirishganidan keyin esa barchasi tugadi. O'ylashimcha, ular futbolchilar bir-biriga to'g'ri kelmasligini tushunib yetishdi, hamma har xil vaqtda uxlashga yotardi.

Beks bilan 2ta muammoim bor edi. Unda ham men bilan xuddi shunday.

Uxlashga kechki 9da yotardim va ertalabki 5da uyg'onardim. U esa kechki 11da uxlardi, tonggi 8da esa uyqudan turardi. Shu tufayli, bir-birimizga halaqit berardik, shuning uchun bu to'g'ri kelmadi.

Ikkinchidan, u juda ham tozalikni xush ko'rardi. Xonaga kirganidan keyin sham yoqardi, rasmlarni osardi, unga barchasi ideal ko'rinishda bo'lishi kerak edi. U 18 yoshidan beri shunday. Men esa barchasini yoyib tashlardim, shu bois bu borada ham chiqishmadik”, deya qayd etgan Nevill.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports