

"Menimcha, "Manchester Siti"ni futbol tarixidagi eng kuchli murabbiy boshqarmoqda. Oradan 15, 20, 25 yillar o'tib bu sezilmasligi mumkin. U o'zi borgan davlatlar futbolida yetakchi bo'lib, boshqa mamlakat futboliga ham ta’sir o'tkazmoqda. Bunday holatni oldin ko'rmaganman.
U uch mamlakatda qay tariqa chempion bo'layotganiga e'tibor bering. Ayni damda u Angliya futbolini boshqarmoqda. Yaqin vaqtlar ichida u so'nggi 5 yildagi uchinchi chempionligini nishonlaydi - bu yuksak natija.
Asosiysi - YCHL. Oldinda PSJga qarshi muhim o'yinlar bor. Agarda "Man Siti" ushbu raqibdan o'ta olsa, balki, sovrinni qo'lga kiritish uchun ham eng qulay imkoniyat bo'lardi.
U "Siti"dan ketishiga ishonmayman. Menimcha, YCHLni yutmasdan Pep hech qaerga kyetmaydi. Agarda YCHLdagi g'alabasiz bu yerdan ketsa hayron qolgan bo'lardim", - dedi Nevill.



