Nevill: "Manchester Yunayted"da APLni yuta oladigan tarkib yo'q"

Mirjalol Normatov
22 dek 2020, 18:15
"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Gari Nevill mankunianliklarning chempionlik imkoniyati haqida gapirdi.

"Manchester Yunayted" yetakchilarga bunchalik yaqinlashib olishini hech kim kutmagandi. Agarda ochkolarni qisqartirishning iloji bo'lsa, jamoa bemalol ikkinchi o'rinni ushlab tura oladi.

Jamoaning o'yinini ko'rib, ularda APLni yuta oladigan tarkib yo'q. Baribir men MYU APLni yuta oladi deb hisoblamayman", - dedi Nevill.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: skysports