Nevill: "De Xea JCH-2018dan keyin o'ziga bo'lgan ishonchni yo'qotgan"

Alisher
22 iyun 2020, 14:32
Angliya terma jamoasi va MYU sobiq himoyachisi Gari Nevill manchesterliklar darvozaboni David de Xea haqida gapirdi.

"David "qizil iblislar"ning so'nggi yillardagi yagona ishonchli futbolchisi edi. Ammo, hozirgi paytda u ham oldingidek emas. De Xea juda ko'p xatolar qilmoqda.

JCH-2018da ispaniyalik muxlislarning munosabati tufayli u o'ziga bo'lgan ishonchni yo'qotib qo'ydi", - deydi Nevill.

29 yoshli ispaniyalik darvozabon joriy mavsum APL doirasidagi 30ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 31ta to'p olib chiqdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports