Nesta: "Lacio" "Roma"ni quvib yetishi mumkin"

Italiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Alessandro Nesta "Lacio"ni Italiya chempionatida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritish imkoniyatlari yuqori ekanligini bildirdi.
"Meni o'ylashimcha, "Lacio" "Roma"ni turnir jadvalida quvib yetishi mumkin. Bundan deyishimning sababi men "Lacio"ga muxlislik qilaman va Piolining ishini hurmat qilaman. Pioli bu klub uchun juda yaxshi tanlov. Menga Piolining ish uslubi yoqadi. "Lacio" mavsumni ko'tarinki ruhda boshlamagan edi. Biroq so'nggi paytlarda jamoa juda yaxshi o'yin ko'rsatmoqda va kerakli natijalarni qo'lga kiritmoqda. Ularni oldida oson bo'lmagan vazifa turibdi. Hali o'yinlar ko'p o'yinlar oldinda. "Napoli" va "Roma" jamoalari kuchli raqib sanalishadi", - deydi Nesta.

Manba: soccer.ru