Nemis klublari Yevropa Ligasidagi ishtirokini yakunladi

Alisher
26 fev 2021, 14:04
Barcha nemis klublari Yevropa Ligasi 1/16 final bosqichida ishtirokini yakunlashdi.

Shunday ekan 2013 yildan beri ilk bor Bundesliganing biror bir jamoasi Yevropa Ligasi 1/8 final bosqichiga yo'l olmadi.

Eslatib o'tamiz, 1/16 finalda "Bayer" va "Xoffenxaym" mag'lub bo'lishdi. "Farmacevtlar" "Yang Boyz"ga, "ko'k-oqlar" esa "Molde"ga yutqazdi.

Qayd etish kerakki, oldinroq "Volfsburg" musobaqaning saralash bosqichidayoq turnirni tark etgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia