Neymar jarohat oldi, lekin Xorvatiya bilan o'yingacha tiklanadi

Narzulla Saydullayev
10 iyun 2014, 07:35
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar kechagi mashg'ulot chog'ida kichik jarohat oldi.
“Barselona” klubining 21 yoshli hujumchisi o'ng oyog'i to'piq qismida og'riq sezgan.

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Felipe Skolarining aytishicha, jarohat jiddiy emas va Neymar 12 iyun kuni Xorvatiyaga qarshi o'tkaziladigan JCH-2014ning ochilish uchrashuvida maydonga tushishi mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com