Neymar Kolumbiyaga qarshi o'yingacha tayyor bo'ladi
Tolibjon Qosimov
1 iyul 2014, 11:44
Braziliya terma jamoasi hujumchisi, Chiliga qarshi nimchorak final uchrashuvida tizzasidan jarohatlangan Neymar Kolumbiyaga qarshi chorak final o'yinida ishtirok etishi mumkin.
“Uning mashg'ulotlardagi ishtiroki qisqartirilishi mumkin, lekin u juma kuni maydonga chiqadi” – deydi Braziliya terma jamoasi matbuot-kotibi Rodrigo Payva.