Neymar "Barselona" bilan shartnomasini uzaytiradi va yiligi 12 mln. evro ishlab topadi

Aslanov Jasurbek
15 iyun 2015, 21:35
"Barselona" hujumchisi Neymar klub bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi.

Braziliya terma jamoasi futbolchisi hozircha yangi kelishuvga imzo chekkani yo'q, ammo ispan grandi bunga ishonch bilan qarayapti. Bitimning yangi shartlariga ko'ra, Neymar "Barselona"da Messidan so'ng eng ko'p maosh oluvchi futbolchiga aylanadi. Uning yilik maoshi 12 mln. evroni tashkil qilishi kutilmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com