Negredo "Siti"dan ketganiga afsusda

"Manchester Siti"ning sobiq futbolchisi Alvaro Negredo "shaharliklar" safini tark etganidan afsuslanayotganini ta'kidladi.


"Men "Siti"dagi faoliyatimni juda yaxshi boshlagandim. Men yuz foiz tayyor bo'lgan paytimda nimalarga qodir ekanligimni muxlislar amalda ko'rishdi. Ammo elkamdan olgan jarohatimdan so'ng o'zimning optimal formamni tiklab ololmadim.

Men bu erda murabbiy ishonchini qayta qozonishimga shubha qilganim bois jamoadan kyetishga qaror qilgandim. Bu bilan men xatoga yo'l qo'ydim, deb o'ylayman. Ispaniyaga qaytish noto'g'ri qaror bo'lgandi. Ammo menga yana APLga qaytish imkoniyatini yaratib berishdi", - dedi Negredo.

Eslatib o'tamiz, Alvaro Negredo ayni paytda "Midlsbro" jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

Negredo bugun o'zining sobiq klubi "Siti"ga qarshi to'p suradi.



Manba: Man City