Nega "Nottingem Forest"ning libosida homiy brendi yo'q?

Оқил Абдубарноев
12 avg 2022, 23:00
"Nottingem Forest" 23 yildan so'ng APLga qaytdi.

Stiv Kuper shogirdlari ilk turda "Nyukasl"ga 0:2 hisobida mag'lub bo'lishdi, ammo muxlislarni homiylik belgisi bo'lmagan nostalgiyani eslatuvchi libos xursand qilgan bo'lsa, ajabmas.

So'nggi yillarda ushbu musobaqada bunday o'ziga xoslik ko'rinmagandi.

Gap shundaki, "qizillar" o'tgan mavsum so'ngida shartnoma muddati nihoyasiga etgan BOXT kompaniyasi bilan yangi kelishuvga erisholmagan.

BOXT hozirda Premer-liganing boshqa klubi - "Everton" bilan hamkorlik qiladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Talksport