

The Athletic xabariga ko'ra, mersisaydliklar bilan kelishuvga erishilgani va tibbiy ko'rikdan o'tilganiga qaramay, himoyachi "Kristal Pelas"da qolishi kutilmoqda.
Ushbu transfer bekor bo'lishida "Pelas" bosh murabbiy Oliver Glasner muhim rol o'ynadi. U teng darajadagi o'rinbosar topilmagunicha jamoa sardorini qo'yib yuborish mumkin emasligini ta'kidladi. Ular "Brayton"dan Igor Julioni xarid qilishni uddalay olishmadi.
Gexining "Kristal Pelas" bilan shartnomasi keyingi yozda yakunlanadi.



