Nega boshqa klub rahbarlari Ulug'bek Mirzaevdek ko'p intervyu bermaydi?

Sherzod Nurmatov
28 dek 2022
Sir emaski, futbolimizda ko'p rahbarlar intervyu berish, fikrlarini bayon qilishdan qochishadi.

Ulug'bek Mirzaev rahbarlik kursisiga o'tirganidan keyin ham intervyular berishda davom etmoqda. U kishi hatto o'yindan keyingi mikst-zonada ham intervyu beraveradi. Nima uchun boshqa klublar rahbarlarida bunday holat kuzatilmaydi?

"Endi bu hammaning o'z tabiatiga bog'liq. Balki matbuot xizmatida ham mehnat qilganimizdandir. Baribir futbol sohasida ham ochiqlik bo'lishi kerak. Muxlislar futbolimizda nimalar bo'layotganini bilishi lozim. Bu salbiymi yoki ijobiymi, xabardor bo'lishlari darkor. Yana bir jihat borki, ko'p rahbarlarda nutq madaniyati yo'q. Biror narsani gapirib berishda qiynalishadi. Har bir rahbar qog'ozdagi tahlilini nutqda ham etkazib berishni bilishi kerak, deb o'ylayman. O'zimizga kelsak, hech narsani berkitishga harakat qilmaymiz. Boisi boshqa jamoalarga ma'lumot tariqasida foyda tegishi mumkin. Qizg'anmaymiz. Matbuotga doim ochiqman", – dedi "Andijon" klubi bosh direktori.



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia