"Neftchi"da yangi bosh direktor ish boshladi

Sherzod Nurmatov
1 dek 2022, 15:21
Bugun Qirgulidagi "Neftchi" futbol klubi qarorgohida jamoa vakillari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda tashkiliy masala ko'rib chiqildi. Shu kungacha "Neftchi" PFK bosh direktori lavozimida ishlab kelgan Muysinjon Mehmonovning sog'ligi bilan bog'liq bo'lgan muammo tufayli o'z xohishiga ko'ra, egallab turgan lavozimini tark etdi. Jamoaga yangi rahbar etib Toshmatov Mansurbek O'rinboevich tasdiqlandi.

Yig'ilishda Farg'ona shahar hokimi , Neftchi PFK prezidenti Vosiljon Nazarov , Farg'ona viloyati futbol assotsiatsiyasi vice-prezidenti Nosirbek Otaqo'ziev ishtirok etdi. 

Joriy mavsumda Superligada jamoa oldiga qo'yilgan vazifalarni ado etishda sidqidildan mehnat qilib, yangi marralarni zabt etishda va amalga oshirishda qo'shgan yuksak hissalari uchun Mo'ysinjon Mehmonovga katta minnatdorchilik bildirib, to'plagan tajribalaridan kelib chiqqan holda, ulardan kelajakda  jamoani yanada rivojlantirish borasida fikr va maslahatlar olinishiga kelishib olindi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати