"Neftchi"da o'ynagan futbolchi "Navbahor"ga o'tmoqda

Narzulla Saydullayev
26 yanv 2024, 08:35
Namanganning "Navbahor" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

"Lochinlar" 2023 yilning ikkinchi davrasida "Neftchi"da o'ynagan gruziyalik hujumchi Giorgi Nikabadzeni o'z safiga qo'shib olmoqda. Bu haqda championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev telegramdagi o'z kanalida ma'lum qildi.

Nikabadze o'tgan mavsum Superligada 12ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.

Ma'lumot uchun, "Navbahor" 2023 yil yozda "Neftchi"ning boshqa bir gruziyalik hujumchisi Toma Tabatadzeni Farg'ona klubidan sotib olgandi. Nikabadze esa erkin agent maqomida Namangan klubiga ko'chib o'tishga yaqin.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia