"Neftchi" yangi avtobusga ega bo'ldi

11 yanv 2014, 08:29
10 yanvar kuni “Neftchi” o'rinbosarlari ham yig'inni boshlashdi.
Shu kuni Sergey Kovshov futbolchilar bilan kichik yig'ilish o'tkazdi. Shundan keyin mashg'ulotlar boshlandi.

O'rinbosarlar ham bir necha nazorat uchrashuvini o'tkazishadi va o'yinlarda o'zlarini ko'rsatganlar jamoa safiga jalb etilishadi.

“Neftchi” muxlislarini quvontiradigan yana bir yangilik. Jamoa yangi avtobusga ega bo'ldi. Endi “Neftchi” a'zolari ham zamonaviy avtoulovda yurishadi. “Foton” rusumli avtobus 40 nafar yo'lovichni tashishga mo'ljallangan.

Manba: fcneftchi.uz