"Neftchi" transfer narxi 300 ming evro bo'lgan himoyachi bilan shartnoma tuzdi

Mirjalol Normatov
2 yanv 2021, 14:13
Yangi mavsumga tayyorgarlik borasida selekciya jarayonini davom ettirayotgan "Neftchi" futbol klubi navbatdagi transferni amalga oshirdi.

Jamoaning himoya chizig'ini mustahkamlash bo'yicha olib borilgan say-harakatlaridan kelib chiqib, serbiyalik tajribali himoyachi Daniel Stoykovich bilan shartnoma imzolandi. 

Ma'lumot o'rnida: Daniel Stoykovich 1990 yilda tavallud topgan. Faoliyati davomida Serbiyaning OFK "Belgrad"," Radnik", "Vojdovac", Armanistonning" Alashkert", Belorussiyaning "Neman" hamda Qozog'istonning "Atirau" jamoalarida to'p surgan. "Neftchi"ga kelishidan oldin" Atyrau" tarkibida o'ynagan futbolchi 24ta bahsda maydonga tushib, bir marta raqiblar darvozasini ishg'ol etgan. 

Ma'lumot uchun, dunyoga mashhur transfermarkt portali Daniel Stoykovichni 300 ming evroga baholagan

"Neftchi" matbuot xizmati


O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif