

Mavsumni Bekobodning "Metallurg" klubida boshlagan Dostonbek Tursunov yana vodiyga qaytdi. 2015 yilda himoyachi aynan Farg'ona klubi safida oliy ligada debyut qilgandi. Keyinchalik Tursunov "Qo'qon-1912" safida ham o'ynagandi.
Birinchi davrada Tursunov 7ta o'yinda maydonga tushib 1ta gol urishga erishdi.
Ma'lumot uchun, yaqinda Dostonbek Tursunov O'zbekiston U-22 terma jamoasi bilan birga Osiyo chempionatiga chiqdi.




