

Kuni kecha farg'onaliklar safiga asli Kamerunda tug'ilgan bugungi kunda esa Belorussiya fuqarosi hisoblanadigan hujumchi Terentiy Lucevich kelib qo'shildi. 25 yoshli futbolchi o'tgan mavsumni Belarussiyaning "Torpedo-BelAz" jamoasida o'tkazdi. Faoliyati davomida Belorussiyaning bir qator jamoalarida to'p surgan. Bo'yi 1,93 sm bo'lgan hujumchi ayni paytda Andrey Fyodorov qo'l ostidagi jamoa safida shug'ullanmoqda.




