"Neftchi" "Qizilqum" bilan o'yindan oldingi nazorat uchrashuvida o'ta yirik hisobida g'alaba qozondi

Narzulla Saydullayev
27 mar 2022, 18:09
Xabaringiz bor, navbatdagi tur bahslarigacha yuzaga kelgan kichik tanaffusdan foydalanib, Superliga klublari bir qator nazorat-sinov uchrashuvlarini tashkil etdilar.

Shu jumladan, Ilhom Mo'minjonov boshchiligidagi "Neftchi" jamoasi ham kecha Qirgulidagi stadionida "Neftchi"(U-21) o'rinbosarlariga qarshi o'ynadi. Qiziqarli va kurashlarga boy o'tgan mazkur bellashuvda asosiy tarkib futbolchilarimiz yirik hisobda ustunlikka erishishdi.

Nazorat uchrashuvi
"Neftchi" - "Neftchi"(U-21) 6:1
Gollar:
Marko Sharich, Shahzod Ubaydullaev, Abdulloh Olimov, Husniddin G'ofurov (2ta), Anvar G'ofurov - Azamat Tolibjonov.

Eslatib o'tamiz, Superliganing navbatdagi 4-tur bahsini "Neftchi" klubi Navoiyda mahalliy "Qizilqum" jamoasiga qarshi o'tkazadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати