

Ammo davralar oralig'ida markaziy tayanch yarim himoyachisi jamoasini o'zgartirishga qaror qildi. Aniqrog'i, O'runov ikkinchi davrani "Neftchi"da o'tkazadigan bo'ldi. Bosh murabbiy Amet Memet kecha "Neftchi" - "Sho'rtan" bahsidan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida, G'ulomning "Paxtakor"dan transferi to'liq sotib olinganini aytib o'tdi. Endi futbolchi "Neftchi"ning to'laqonli a'zosiga aylandi. Ma'lumotlarga ko'ra, O'runov farg'onaliklar bilan mavsum so'nggiga qadar shartnoma imzolagan.
Islombek Rustambekov
Islombek Rustambekov



