"Neftchi": G'ayrat Hasanov iyun oyining eng yaxshi futbolchisi

Narzulla Saydullayev
12 iyul 2014, 12:37
Ortda qolgan iyun oyining eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun "Neftchi" saytida so'rovnoma e'lon qilgandik.
Uning natijalariga ko'ra, “Neftchi” safida o'tgan oyda eng yaxshi o'yinchi G'ayrat Hasanov bo'lgan.

Muxlislar 31 yoshli posbonga jami 58 bor ovoz bergan. Darhaqiqat Hasanov iyun oyida “Neftchi” ishtirokidagi barcha o'yinlarda ishtirok etdi va jamoa muvaffaqiyatlariga katta hissa qo'shdi.  

Undan keyingi o'rinni esa Murodbek Bobojonov egalladi. Istedodli hujumchi foydali gollari evaziga muxlislar e'tiborini tortdi. 20 yoshli futbolchi ayniqsa birinchi davraning so'nggi uchrashuvida “Andijon” darvozasiga ikkita to'p kiritib, “Neftchi”ga muhim g'alaba keltirdi. Shu bois 48 nafar ishqiboz Bobojonovga ovoz bergan.

Kuchli uchlikni Levan Gvazava yakunlab berdi. Yaqindagina jamoa bilan xayrlashgan rossiyalik legioner 29ta ovoz to'plagan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz