“Neftchi” futbolchisi faoliyatini “Metallurg”da davom ettiradi

Khoja
11 yanv 2024
O'tgan mavsum “Neftchi”da faoliyat olib borgan yarim himoyachi Sunnat Abdullajonov faoliyatini Bekobodda davom ettiradi.

27 yoshli yarim himoyachi yangi mavsumni “Metallurg” safida boshlashga yaqin.

Ma'lumot uchun, Sunnatulla Abdullajonov so'nggi ikki mavsum davomida “Neftchi” safida barcha musobaqalarda 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 4 ta gol yozib qo'yishga erishgan.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia