"Neftchi" futbolchisi BAA chempionatiga yo'l oldi

Omonjon To`xtamirzayev
29 iyul 2024
Muhammadali Holmatov faoliyatini BAA Proligasida davom etiradi.

"Neftchi" o'rinbosarlar safida hujumkor o'yinlari bilan jamoaning muvaffaqiyatlariga munosib hissa qo'shib kelgan iqtidorli futbolchi Muhammadali Holmatov jamoani tark etdi.

Joriy yilgi mavsumda "Neftchi"ning o'rinbosarlar  tarkibida jami 11 ta uchrashuvda maydonga tushgan Muhammadali  1 ta gol kiritdi va  2 ta golga assistentlik qildi.

"Jamoamiz va ko'p sonli muxlislarimiz nomidan Muhammadali Holmatovga "Neftchi"da olib borgan faoliyati uchun samimiy minnatdorchilik bildirib, yangi jamoasida katta yutuq va marralarga yetishishida omad yor bo'lishini tilab qolamiz", deyiladi klub xabarida.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia