"Neftchi" ertaga tanishtiruv marosimini o'tkazadi

Omonjon To`xtamirzayev
11 mar 2025
Ertaga, 12 mart chorshanba kuni "Neftchi" futbol klubi o'z ananasiga ko'ra, yangi mavsum oldidan tanishtiruv marosimini o'tkazadi.

Tanishtiruv marosimi Farg'ona shahridagi "Islom Karimov" nomidagi sanat saroyida bo'lib o'tadi. Tadbirda "Neftchi" jamoasining barcha futbolchi va murabbiylari tanishtiriladi.

Marosim soat 14:00 da boshlanishi rejalashtirilgan. Ushbu tadbirga barcha OAV vakillari, shuningdek "Neftchi" jamoasining faxriy va jonkuyar muxlislari taklif etiladi.


"Neftchi" matbuot xizmati


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia