"Neftchi" Doniyor Narzullaevga salomatlik tilaydi!

Narzulla Saydullayev
2 mar 2018
Superliganing 1-turida “Neftchi” hamda “Nasaf” (0:0) jamoalari bahs olib borishdi.

O'yinda farg'onaliklar himoyachisi Doston Tursunov hamda “Nasaf” vakili Doniyor Narzullaev kutilmaganda to'qnashib kyetishdi. Natijada mehmonlar futbolchisi xushini yo'qotdi.

“Neftchi” PFK rahbariyati, murabbiylar shtabi va futbolchilar nomidan  Doniyorga salomatlik tilab qoladi. Tezroq safga qaytib, OCHLdagi muhim bahslarda Qarshi jamoasi sharafini munosib himoya qilishingizga tilakdoshmiz!

Sizni maydonda kutamiz, Doniyor!, - deb yoziladi "Neftchi" klubi rasmiy saytida. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz