O'zbekiston chempionatining ikkinchi davrasiga taraddud ko'rayotgan Farg'onaning "Neftchi" hamda "Buxoro" jamoalari ertaga o'zaro nazorat uchrashuvini o'tkazishadi.
Bu haqda "Neftchi"ning telegramdagi rasmiy kanali xabar berdi.
O'yin Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionining akademiya maydonida bo'lib o'tadi.
Uchrashuv 20 iyul kuni, soat 18:00da start olishi rejalashtirilgan.