"Neftchi": Baxtiyor Yoqubovni tabriklaymiz

Narzulla Saydullayev
13 sen 2015, 12:18
Bugun "Neftchi" klubi yarim himoyachisi Baxtiyor Yoqubovning tug'ilgan kuni.

Neftchi  futbol klubi rahbariyati, murabbbiylari, futbolchilari va ko'p sonli muxlislari jamoaning tajribali  futbolchisi, Farg'ona futbolining rivojlanishiga katta hissa qo'shib kelayotgan mahoratli yarim himoyachisi -  Baxtiyor Yoqubovni tug'ilgan kuni bilan tabriklaydi.

O'zbekiston chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelayotgan Baxtiyorjon bugun 31 yoshini qarshilar ekan unga jonajon jamoasi Neftchiga, futbolchi sifatida xizmat qilish va  jamoani  chempionatimiz yetakchilari qatoriga olib chiqishda o'zi mehnatini ayamay kelayotgan klub fidoilari qatoridan o'rin olishini tilaymiz.  Baxtiyor Yoqubovga sihat – salomatlik, oilasiga  baxtu-saodat va o'z faoliyatidagi  barcha  orzu-maqsadlarining amalga oshishiga tilakdoshmiz.

O'xshash yangiliklar

Narzulla SaydullayevMuallif