“Neftchi” a'zolari yosh futbolchilar bilan uchrashishdi

Narzulla Saydullayev
28 okt 2018, 11:43
27 oktyabr kuni Farg'ona shahridagi viloyat bolalar va o'smirlar futbol akademiyasida muassasa tarbiyalanuvchilari xamda “Neftchi” klubi a'zolari ishtirokida uchrashuv tashkil qilindi.

Unda “Neftchi” jamoasi murabbiyi Ilhom Zaylobitdinov va futbolchilar Anvar Berdiev, Sherzod Hakimov hamda  Shukurali Po'latovlar ishtirok etishdi. Mehmonlarni futbol akademiyasi rahbari Bek Valijonovich Bekov  kutib oldi va xamroxlik qildi

Dastlab “Neftchi” vakillari va futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi. Unda futbolchilar yosh ijrochilarga millionlar o'yini dunyosiga qanday kirib kelganliklari, kelajakda mahoratli va professional futbolchi bo'lib yetishish uchun insondan nimalar talab etilishi hamda yosh futbolchilarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarishdi. Davra suhbati ancha samimiy ruhda kechdi.

Shundan so'ng barcha maydonga yo'l oldi. Maydonda Berdiev, Po'latov hamda Hakimovlar bolalarga amaliy mahorat darslarini o'tashdi. Aytish kerakki, bo'lajak futbolchilarda viloyatning taniqli ijrochilari bilan birgalikda mashg'ulot o'tkazish bir olam taassurot qoldirdi.

“Neftchi” matbuot xizmati


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz