

"Neftchi" klubi oxirgi 4 mavsum davomida oliy ligada hech bir raqibga to'rt to'p farqi bilan mag'lub bo'lmagandi. So'nggi bor farg'onaliklar 2011 yil 23 sentyabr sanasida G'uzorda "Sho'rtan"ga 0:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishgandi.
Shunday qilib 4 yil, 6 oy, 9 kundan so'ng "Neftchi" O'zbekiston chempionatida to'rtta to'p farqi bilan yutqazib qo'ydi.
Bundan tashqari, "Neftchi"ning "Lokomotiv"ga qarshi o'yinlardagi eng yirik mag'lubiyati 1:4ga teng edi. Bugun ushbu antirekord ham yangilandi.



