"Neftchi" 1230 kundan keyin Superligada g'alabaga erishdi

Narzulla Saydullayev
2 mar 2022, 21:08
Bugun 2022 yilgi Superliganing 1-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda Ilhom Mo'minjonov boshchiligidagi "Neftchi" 1:0 hisobida zafar quchdi. Yagona golni Shahzod Ubaydullaev 89-daqiqada penaltidan urdi.

Jamoa Superligadagi so'nggi g'alabasini 2018 yilning 19 oktyabr kuni "Qizilqum"ga qarshi bahsda qo'lga kiritgan edi. Oradan 1230 kun o'tgach, farg'onaliklar elitada yana g'alaba qozonishdi.


 




O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif