

Yangiliklar matni Zarafshonliklarning bu galgi raqibi birinchi liga vakili Buxoroning “Spartak” jamoasi bo'ldi.
Nazorat bahsi “So'g'diyona” stadionida bo'lib o'tdi. Unda murabbiy Yuriy Lukin mashg'ulotlarda qatnashayotgan deyarli barcha futbolchilar xizmatidan foydalanishga harakat qildi. Uchrashuvning birinchi bo'limida 1:1 hisobi qayd etilgan bo'lsa, tanaffusdan so'ng zarafshonliklar 1:0 hisobida g'alaba qozondilar - 2:1.
Birinchi bo'limda “Qizilqum” jamoasi tarkibida quyidagi o'yinchilar maydonda harakat qildi:
Artyom Makosin, Akmal Xoliqov, Fayzulla Qambarov, Jalil Kimsanov, Sherzod Fayzullaev, Eldor Boymatov, Zafar To'raev, Aziz Abdullaev, Ruslan Sanaev, Xurshid Yo'ldoshev, Aziz Usmonov.
Tanaffusdan so'ng, zarafshonliklar sharafini quyidagi futbolchilar himoya qildilar:
Erkin Jabborov, Isroil Ergashev, Temur Turdiev, Dauren Eshboev, Sarvarjon Xolmatov, Jamshid Shohnazarov, Farruh Haydarov, Bobur Iskandarov, Feruz Boboqulov, Navro'z Alimov, Alisher Xoliqov.
Uchrashuvda “Qizilqum” futbolchilaridan gollarni Akmal Xoliqov hamda Dauren Eshboevlar kiritdi.
Jarohati tufayli ushbu bahsda Akmal Rustamov, G'ulomhaydar G'ulomov maydonga tusha olmadilar.
Rejaga ko'ra, Yuriy Lukin shogirdlari 30 iyul kuni yana bir o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Raqib nomi esa bugun aniq bo'ladi.



