Nazorat uchrashuvi. O'zbekiston - "Bunyodkor" - 3:2

Narzulla Saydullayev
11 okt 2013
O'zbekiston milliy terma jamoasi va "Bunyodkor" o'rtasidagi nazorat uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Ushbu sahifada o'yinning hisobini kuzatib borish mumkin bo'ldi.
 
Uchrashuvning 14-daqiqasida Marko Blajichning o'ng qanotdan oshirib bergan to'pini Anvar Berdiev darvozaga yo'lladi - 0:1. Bu vaziyatda Aziz Haydarov va Vitaliy Denisov bir birlariga ishonib qolishdi. Terma jamoa uchta himoyachi bilan o'ynamoqda, o'ng qanotdagi Tursunov ham himoyachi, ham yarim himoyachi vazifasida o'ynamoqda.

19-daqiqada Sanjar Tursunov chamasi 20 metrlardan kuchli zarba bilan hisobni tenglashtirdi - 1:1. Murodjon Zuhurov to'pga tashlangani ham yo'q.

28-daqiqada burchak to'pidan so'ng Ilhom Yunusov to'pga egalik qilib darvozaga yaxshi zarba berdi, ammo biroz noaniq. Xuddi Skolari davrida bo'lgani kabi Jasur Hasanov ko'proq maydon markazida o'ynamoqda. Uning Geynrix bilan birga qilayotgan harakatlari murabbiy tomonidan berilgan ko'rsatmami yoki ularning o'zlaridan chiqqan tashabbusmi, har holda yaxshi tandem bo'lmoqda.

36-daqiqada Alibobo Rahmatullaevning 25 metrlardan yo'llagan kuchli zarbasi ancha noaniq ketdi. Keyingi daqiqada terma jamoamiz oldinga chiqib oldi. Aleksandr Geynrix o'zini ko'rsatdi - 2:1.

40-daqiqada Mirjalol Qosimov stadion xodimlariga murojaat qilib projektorlarni yoqib yuborishlarini so'radi.

Geynrix to'pni Nasimovga oshirdi, Bahodir esa to'pni orqaroqda turgan Aziz Haydarovga tashladi. Yarim himoyachining zarbasi kuchli va noaniq bo'ldi. Birinchi bo'lim yakunlandi.

Ikkinchi bo'lim boshida ikkala jamoada bir qator futbolchilar almashtirildi. 48-daqiqada Sardor Rashidov uchinchi bor "Bunyodkor" darvozasiga to'p kiritdi - 3:1.

Ivan Nagaev o'zi uchun qulay vaziyat yaratdi, ammo raqib himoyachisi unga imkon bermadi. 66-daqiqada Igor Taran hisobni qisqartirdi - 3:2.

Lutfulla To'raevning jarimadan yo'llagan zarbasini Temur Kapadze qaytardi. 70-daqiqada Iskanderov chiroyli tarzda to'pni Kapadze oshirdi. Terma jamoamiz to'pni ma'lum muddat o'zida saqlab turdi va yakunda Iskanderov jarima maydoni ichiga kirib borib zarba berdi, to'pni darvozabon qaytardi.

72-daqiqada Sardor Rashidovning burchakdan oshirib bergan to'pini Temur Kapadze darvozaga yo'lladi, Akbar To'raev to'pni ushlab oldi. 82-daqiqada Igor Sergeev to'pni Iskanderovga oshirdi, Jamshid noaniq zarba berdi. 85-daqiqada darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib zarba berdi, Akbar To'raev to'pni qaytardi. O'yin yakunlandi.


O'zbekiston - "Bunyodkor" - 3:2
Gollar:
Anvar Berdiev, 14 - 0:1.Sanjar Tursunov, 19 - 1:1.Aleksandr Geynrix, 37 - 2:1.Sardor Rashidov, 48 - 3:1.Igor Taran, 66 - 3:2.
O'zbekiston terma jamoasi: Eldorbek Suyunov, Vitaliy Denisov, Anzur Ismoilov, Shavkat Mullajonov, Sanjar Tursunov, Aziz Haydarov, Ilhom Yunusov, Server Jeparov, Jasur Hasanov, Bahodir Nasimov, Aleksandr Geynrix.
Zaxiradan tushganlar: Aleksandr Lobanov, Islom Inomov, Jamshid Iskanderov, Igor Sergeev, Sardor Rashidov, Temur Kapadze, Davron Hoshimov, Ivan Nagaev, Vladimir Kozak, Islom To'xtaxo'jaev, Fozil Musaev.
"Bunyodkor": Murodjon Zuhurov, Akmal Shorahmedov, Sahob Jo'raev, Dilshod Jo'raev, Anvar G'ofurov, Javlon Ibrohimov, Lutfulla To'raev, Alibobo Rahmatullaev, Marko Blajich, Oleg Zoteev, Anvar Berdiev.
Zaxiradan tushganlar: Akbar To'raev, Igor Taran, Sardor Sobirxo'jaev.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia